O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
  • 0
  • 26.08.2025 14:02:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Abdulla II muzokaralar o‘tkazib, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi:

•Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
•Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
• Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
• Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
• Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
•Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
• Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
• Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
• din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
• Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Davlat tashrifi yakunida kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi va Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy nishoni — “An-Nahda” ordeni bilan mukofotlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News