
- 8
- 28.07.2023 14:40:00
- 1 daq o'qish
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonovlarga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi. Prezident 15 ta tuman IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlarini ishdan oldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari B.Abdullayevga hayfsan e’lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi.
Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan:
— Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, Gʻijduvon, Kogon, Tuproqqal’a, Taxtako‘pir, Tomdi, Yakkabog‘, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko‘l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;
— Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Manba: uznews.uz