
- 0
- 25.08.2025 09:31:00
- 1 daq o'qish
Xotoyning Yunnan provinsiyasida uch yoshli qizchaning boshiga tasodifan 15 santimetrli pichoq sanchilib qoldi. Onasining aytishicha, u ko‘rpa-to‘shakni almashtirish chog‘ida pichoq uchib ketib, qizining boshiga sanchilib qolgan. Biroq shifoxona xodimlaridan biri ona aslida qizini qo‘rqitish uchun pichoqni qo‘liga olgan va ehtiyotsizlik bilan qizining boshiga otib yuborganini aytgan.
Shifokorlar pichoqni muvaffaqiyatli olib tashlashdi. Qizaloq hozir barqaror ahvolda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar ona pichoqni o‘zi sug‘urib olishga uringanida, bu juda xavfli bo‘lishi mumkin edi.