
- 4
- 31.07.2024 15:59:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Kerala shtatida sodir bo‘lgan yer ko‘chkilar oqibatida 143 kishi halok bo‘ldi, 200 ga yaqin kishi jarohatlandi. Shtatda 31-iyul motam kuni deb e’lon qilindi. Hodisaga 30-iyulga o‘tar kechasi shtatda kuzatilgan musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan.
Odamlarni evakuatsiya qilish uchun hududda Milliy qo‘riqxona, armiya, shtat politsiyasi, o‘rmon qo‘riqchilari va ko‘ngillilardan 600 ga yaqin qutqaruvchilar ishlamoqda. Departament 2-avgustga qadar yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilmoqda.