O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi
  • 5
  • 24.06.2024 15:05:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazishdi. Davlat tashrifi davomida turli sohalarni qamrab olgan 14 ta hujjat imzolandi.
Shuningdek, yetakchilar davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzolashdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAVga bergan bayonotda rahbarlar ochiq va ishchan muhitda bo‘lib o‘tgan muloqotning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini, amaliy hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqilganini ta’kidlashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News