Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir opasining yigitini pichoqladi

Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir opasining yigitini pichoqladi
  • 0
  • 26.08.2025 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Aksaray shahrida 13 yoshli o‘zbekistonlik bola 26 yoshli opasining yigitini pichoqladi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Voqea 22-avgust kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, qizning uyi oldida yigit va ukasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mojaro vaqtida bola oshxona pichog‘i bilan yigitni pichoqlagan va voqea joyidan yashiringan. Qiz hushsiz yotgan yigitini ko‘rib tez yordam chaqirgan.  O‘smir esa shahar bog‘laridan birida qo‘lga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News