
- 0
- 01.08.2025 10:28:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 31-iyul kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da joylashgan “Orzular sohili” dam olish maskanida 13 yoshli bola cho‘kib vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi ma’lum qildi.
Taxminan soat 16:00 da u tanishi bilan birga 1,7 metr chuqurlikdagi sun’iy suv havzasida cho‘milgan. Oradan 25 daqiqa o‘tib, bir erkak bola suvda harakatsiz turganini ko‘rib, uni qirg‘oqqa olib chiqqan.
Dam olish maskani shifokorlari yordam ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bola hayotga qaytarilmagan. Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, o‘limga “nafas yo‘llarining suv bilan to‘silishi oqibatidagi mexanik asfiksiya” sabab bo‘lgan.
Hodisa joyi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirilib, suvdan namuna olingan.