
- 1
- 23.09.2025 14:06:00
- 1 daq o'qish
Afg‘onistonlik 13 yoshli bola samolyotning shassi bo‘limiga yashirinib, 94 daqiqalik parvoz orqali Dehliga yetib bordi. U yengil kiyimda va bagajsiz yo‘lga chiqqan. Samolyot aeroportga qo‘ngach, uchish-qo‘nish yo‘lagida tentirab yurganida qo‘lga olingan. Bola bu ishni qiziquvchanligi sababli qilganini aytgan. So‘roqdan so‘ng u Afg‘onistonga qaytarib yuborilgan. Mutaxassislar bunday sharoitda omon qolishni mo‘jiza deb baholamoqda.