Nepalda kuchli zilzila oqibatida 129 kishi halok bo‘ldi

Nepalda kuchli zilzila oqibatida 129 kishi halok bo‘ldi
  • 6
  • 04.11.2023 08:02:00
  • 1 daq o'qish

Nepal g‘arbida 4-noyabr, shanbaga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Nepal politsiyasi vakili Kuber Kadayatning CNN’ga xabar berishicha, xodisa oqibatida 129 kishi halok bo‘lgan va 140 kishi yaralanganligi tasdiqlangan.

Nepalning zilzila monitoringi va tadqiqoti milliy markazi 6,4 magnitudali zilzilani qayd etdi. Unga ko‘ra, zilzila episentri Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda joylashgan Jayarkot viloyatida bo‘lgan. AQSH Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologik markazi 6,4 ball, Potsdamdagi Germaniya Geofizika tadqiqot markazi 6,2 ball deb baholadi. 

Zilzilaning ta’siri Nyu-Dehlida ham sezilgan. Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Dahal “zilzila oqibatida yetkazilgan insoniy va moddiy zarardan chuqur qayg‘uda” ekanini bildirdi. Hukumat qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun xavfsizlik kuchlarini yubordi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News