Hindistonda diniy marosim paytidagi tiqilinchda 120 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda diniy marosim paytidagi tiqilinchda 120 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 03.07.2024 13:30:00
  • 1 daq o'qish

2-iyul kuni Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida hindularning diniy yig‘ilishida yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida bolalar ham bor. Olomon mahalliy diniy yetakchi bilan uchrashish uchun ochiq maydonga yig‘ilgan. Odamlar tarqala boshlagach tiqilinch yuzaga kelgan. 

Qurbonlarning oilalariga 1,8 ming dollar, jabrlanganlarga esa 451 dollar miqdorida tovon puli va’da qilingan. Politsiya esa marosim tashkilotchilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atmoqchi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News