12 yillik mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishdan olindi

12 yillik mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishdan olindi
  • 8
  • 13.05.2024 09:16:00
  • 1 daq o'qish

So‘nggi 12 yil davomida Rossiya harbiy vazirligini boshqarib kelayotgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu lavozimidan ketdi. 

Putin Sergey Shoygu o‘rniga RF hukumati raisi o‘rinbosari Andrey Belousovni mudofaa vaziri lavozimiga ko‘rib chiqishni taklif etgan.
Rossiya davlat nashrlari tarqatayotgan xabarga ko‘ra, Shoygu Nikolay Patrushev o‘rniga Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga o‘tkaziladi. 
Kreml matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, Shoygu Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimi bilan bir vaqtda Putinning Harbiy-sanoat komissiyasidagi o‘rinbosari hisoblanadi va Harbiy-texnik ta’minot bo‘yicha federal xizmat faoliyatini nazorat qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News