
- 0
- 14.07.2026 17:52:00
- 1 daq o'qish
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov Toshkent viloyatining bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida salkam ikki ming nafar bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan ochiq sud jarayoni yakunlanligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2025-yil sentyabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi bog‘chalarda bolalarning zaharlanishi kuzatilgan. Mazkur holat bo‘yicha 11 kishi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sanitariya qonunchiligi yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Shark Milk Product MChJ direktori, bosh texnologi va texnologiga 3,5 yil, kompaniyaning yana 3 nafar xodimiga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, Governess Business, Innavation Outsourcing Servise, Nishon Invest, Kinder Garden Group MChJlari rahbarlari hamda Shark Milk Product laboratoriya xodimiga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, sud hukmi bilan barcha sudlanuvchilar muayyan huquqlardan ham mahrum qilindi.