Qozog‘istonda ikki yoshli bolaning qornidan 105 ta magnit munchoq olib tashlandi

Qozog‘istonda ikki yoshli bolaning qornidan 105 ta magnit munchoq olib tashlandi
  • 5
  • 28.02.2025 10:08:00
  • 1 daq o'qish

20-fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 2 yosh-u 3 oylik bola yot jismni yutib yuborgani bo‘yicha shikoyat bilan  Bolalar shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelingan. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir hafta oldin mehmonga borganida, bola metall magnitlarni yutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Ammo ularning aniq soni noma’lumligi ta’kidlangan.
Dastlab mutaxassislar buyumlarni endoskopik yo‘l bilan ajratib olishga harakat qildi, biroq magnitlarning zich to‘planishi tufayli buning iloji bo‘lmadi. Jarrohlik amaliyoti — laparotomiya va gastrotomiya o‘tkazishga qaror qilindi. Jarrohlik amaliyoti davomida bolaning oshqozonidan 105 dona magnitli munchoq chiqarib olingan. Hozirda bolaning ahvoli qoniqarli ekani ma’lum qilingan.

Avvalroq Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning qornidan 39 ta , Farg‘onadagi 2 yoshli qizchaning qornidan esa 135 ta magnit munchoq olingani haqida xabar bergan edik.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News