
- 5
- 23.06.2023 13:37:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryoga 100 ta zamonaviy elektrobus olib kelinadi, elektromobillar uchun 200 ta zaryadlash stansiyalari quriladi. Shavkat Mirizyoyevning aytishicha, bu maqsadlar uchun 30 million dollar jalb qilinadi.
“Xalqaro moliya tashkilotlari bilan birga:
— “Qarshi – Shahrisabz – Kitob” va “Samarqand – Qarshi” yo‘llari kapital ta’mirlanadi (177 kilometr);
— “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” yo‘lining Qashqadaryo hududidan o‘tuvchi 60 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi”, – dedi nomzod.