Turkiyada uysiz qolganlar vaqtincha yashashi uchun O‘zbekistondan yuborilgan 100 ta konteyner o‘rnatiladi

Turkiyada uysiz qolganlar vaqtincha yashashi uchun O‘zbekistondan yuborilgan 100 ta konteyner o‘rnatiladi
  • 4
  • 29.03.2023 16:12:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning fevral oyidagi zilzilalardan jabrlangan Xatay viloyati Ovakent qishlog‘ida O‘zbekistonning hayriya yordami doirasida 100 ta turar joy konteyner o‘rnatiladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Umumiy hami 21 metr kvadrat bo‘lgan konteynerlarda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Konteynerlar issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o‘rnatish bilan 15 kishidan iborat jamoa shug‘ullanadi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan 6-fevraldan 13-fevralgacha Adana viloyatiga qidiruv-qutqaruv, tibbiyot jamoalari hamda gumanitar yordamni tashuvchi 6 ta alohida kargo reysi tashkil etilgan. 

Turkiyaga 100 kishidan iborat O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv jamoasi borib, Hatay viloyatida qutqarish ishlarini bajardi. 25-fevral kuni O‘zbekistonga qaytgan o‘zbek qidiruv-qutqaruv jamoasi qutqaruv ishlari davomida 18 kishini vayronalar ostidan tirik olib chiqdi, 190 kishining jasadini topishga erishdi. 71 kishilik tibbiyot xodimlari esa Hatay viloyatida dala gospitali o‘rnatib, 1795 nafar erkak, 1177 ayol va 888 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News