
- 0
- 21.05.2025 16:55:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda fastfud yeb, ichagi chirigan 10 oylik chaqoloqning ichagi olib tashlandi. Viloyatdan Toshkentga kelayotgan ona yo‘lda tushlik uchun o‘ziga fastfud olgan va yig‘lab, xarxasha qilgan 10 oylik chaqalog‘iga ham fastfud chaynab yedirgan. Oradan ko‘p o‘tmay go‘dakning ahvoli og‘irlashib, ichidan qon ketishi, qayd qilish, qorin dam bo‘lishi kabi belgilar paydo bo‘lgan. Shifokorlar chirigan ichak qismini olib tashlab, ichak stomasi chiqarib qo‘yilgan. Bu stoma bilan chaqaloq 6 oy yashaydi, keyin yana operatsiya qilinadi va ichak tiklanadi.
Shifokorlar 3 yoshgacha bolani faqat ona suti bilan oziqlantirishni tavsiya etmoqda. 1 yoshdan o‘tgandan keyin esa qo‘shimcha ozuqa berish mumkin.
Manba: “Millar” dasturi