Qozog‘istonlik 10 nafar opa-singil otasiga uy sovg‘a qildi 

Qozog‘istonlik 10 nafar opa-singil otasiga uy sovg‘a qildi 
  • 6
  • 28.06.2025 08:00:00
  • 1 daq o'qish

 

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida yashovchi Shalg‘in O‘tegulovga 10 nafar qizi 60 yillik yubileyi munosabati bilan Oqtov shahridan kvartira sovg‘a qildi. Qizlar bir yil davomida mablag‘ yig‘ib, kvartirani tanlashni egizaklar Amina va Alinaga topshirgan. Ular ilgari ham otasiga avtomobil sovg‘a qilishgan. "Ota-onamiz oddiy qishloq odamlari. Ular chorva boqadi, qishloqda yashaydi. Lekin ular bizga bor mehrini, kuchini berdi.Ular bizni mehr bilan ulg‘aytirdi. Endi navbat bizda,” — deydi katta qizi Jaxsigul.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News