Hindistonda 1 yoshli bola kobrani tishlab o‘ldirdi

Hindistonda 1 yoshli bola kobrani tishlab o‘ldirdi
  • 0
  • 31.07.2025 08:29:00
  • 1 daq o'qish

Bihar shtatining G‘arbiy Champaran qishlog‘ida 1 yoshli bola o‘z uyida o‘ynab yurganida 70 sm uzunlikdagi kobrani o‘yinchoq deb o‘ylab, uni tishlab olgan va ikki bo‘lakka bo‘lib yuborgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola ilonni boshidan tishlab, o‘ldirgan. Bola darhol tibbiy yordam markaziga olib borilgan. Shifokorlarning aytishicha, bolaning ahvoli yaxshi, zaharlanish alomatlari aniqlanmagan. Hozirda u kuzatuv ostida, hayotiga xavf yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News