Uy-joyga muhtoj qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi

Uy-joyga muhtoj qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi
  • 5
  • 29.06.2024 09:34:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar mazkur uylarda 3 yil davomida bepul yashashlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News