Air India aviahalokatida 1 kishi tirik qoldi

Air India aviahalokatida 1 kishi tirik qoldi
  • 0
  • 14.06.2025 09:22:00
  • 1 daq o'qish

Kecha, Hindistonda bortida 242 yo‘lovchisi bo‘lgan Air India yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi. Dastlab hamma halok bo‘lgani aytilgandi. Biroq qutqaruvchilar vayronalar orasidan bitta odamni tirik holda topgan.
Tirik qolgan yo‘lovchi — 11A o‘rindig‘ida bo‘lgan Britaniya fuqarosi Vishvash Kumar Ramesh. U kasalxonaga yetkazilgan va jurnalistlarga halokat qanday sodir bo‘lganini gapirib bergan. Uning aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilgach 30 soniya o‘tib kuchli portlash bo‘lgan va samolyot yerga qulagan.
Halokatda 204 kishining jasadi topilgan. Samolyot tibbiyot kolleji talabalarining yotoqxonasiga qulagan. Yana 50-60 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News