
- 5
- 14.11.2023 09:12:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib xususiy mikro GESni ishga tushirilgan Andijonda navbatdagi natijador harakatlar davom etmoqda.
Aholining elektr energiya ta’minotini yaxshilash va barqarorlashtirish bo‘yicha yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarga asosan olib borilayotgan mazkur ishlar doirasida Ulug‘nor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi.
Ma’lum qilinishicha qiymati 1 million dollarni tashkil etib, 500 dan ziyod xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.