O‘zbekistonliklarga boradigan SMS uchun budjetdan 1,7 mlrd so‘m ajratilyapti

O‘zbekistonliklarga boradigan SMS uchun budjetdan 1,7 mlrd so‘m ajratilyapti
  • 7
  • 17.04.2023 13:13:00
  • 1 daq o'qish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan o‘tkazilgan «g‘olib tomonidan buyurtmachi ma’lumotlaridan foydalanib shakllantirilgan biznes ma’lumotlarni abonentlarga SMS-xabarlar ko‘rinishida yetkazish xizmatlari»ni ko‘rsatishga doir tender yakunlandi.

Joriy yil 6-aprel kuni yakunlangan tender natijalariga ko‘ra, ikki talabgordan biri – «Play mobile» MChJ g‘olib deb topilgan.

Shu tariqa mazkur firma vazirlikning 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish xizmatini bajaradi. Bu uchun firma bitta SMS-xabarnomaga 40 so‘m narx ko‘rsatib, yil davomida 44 millonta SMS-xabarnoma jo‘natishni tashkillashtirish nazarda tutilgan lotni yutib oldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News