O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd dollar jalb etiladi

O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd dollar jalb etiladi
  • 8
  • 13.11.2023 11:39:00
  • 1 daq o'qish

“Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan 2024–2026-yillar uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Xususan, hujjat bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:

  • kichik biznes subyektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ini 1,7 baravar oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish;
  • kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy xususiy moliya tashkilotlaridan jami 1,2 milliard AQSH dollarigacha miqdorda resurslar jalb qilish;
  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish;
  • 150 mingta kichik biznes subyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bo‘yicha:

  • kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkazish;
  • 150 ta o‘rta korxonaga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik subyektlariga sotish;
  • o‘rta tadbirkorlik subyektlari sonini 2,5 baravarga oshirish;
  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiyalarni (yevrobond) xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish.
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News