
- 4
- 10.11.2026 11:25:00
- 1 мин оқу
Sun’iy intellekt çiplari bozorida yetakçi Nvidia rahbari Jensen Xuang Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan ayol bilan yaqin munosabatda bölgan. Kompaniya direktorlar kengaşi uşbu holat yuzasidan mustaqil tekşiruv boşladi.
Mojaro markazidagi ayol — Xitoy fuqarosi Elis Xuang Singapurdagi Megaspeed kompaniyasida rahbarlik qilgan. AQŞ maxsus xizmatlari uni Xitoy razvedkasi tomonidan yollanib, Nvidia rahbaridan ma’lumot olişga uringan deb gumon qilmoqda. Megaspeed esa AQŞ çeklovlari ostidagi Nvidia çiplarini Xitoyga yetkazib beriş bilan boğliq tekşiruvga tuşgan.
Jensen Xuang 8-noyabr kuni kompaniya xodimlariga yöllagan maktubida rafiqasiga xiyonat qilganini tan olib, oilasidan uzr söradi. U direktorlar kengaşi tekşiruvini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Kompaniya hozirça milliy xavfsizlik yoki tijorat sirlariga zarar yetganini körsatuvçi asos yöqligini ma’lum qildi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Xuangni “şarafli odam” deb atab, uni himoya qildi. Uning sözlariga köra, Xuang ayolning josus ekanini bilmagan. Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa josuslik haqidagi ayblovlarni asossiz deb rad etdi.
AQŞ Kongressining uçta qömitasi Xuangni 18-noyabr kuni yopiq majlisda tuşuntiriş berişga taklif qilgan. Hozirça Xitoyga maxfiy ma’lumot uzatilgani yoki Xuangning josuslikka aloqadorligi rasman tasdiqlanmagan.