
- 13
- 11.11.2026 13:55:00
- 1 мин оқу
Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida noqonuniy faoliyat yuritayotgan call-markaz aniqlandi.
Qayd etilişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hududni tekşiriş vaqtida şubhali faollikni payqab, xonadonni közdan keçirişga qaror qilgan. Şu payt u yerdagi erkaklardan biri profilaktika inspektoriga ming dollar pora taklif qilgan. Biroq xodim pulni olişdan boş tortgan.
Xonadon tekşirilganda, u yerda xorijiy davlat fuqarolari borligi aniqlangan. Ulardan 23 nafari tegişli hujjatlarsiz bölgan. Tekşiruv davomida aşyoviy dalil sifatida 80 ta mobil telefon, 21 ta noutbuk, 6 ta router va 22 ta pasport olib qöyilgan.
Bundan taşqari, noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan boğliq faoliyat ham foş etilgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uç nafar xorijlik tegişli litsenziyasiz bir neça bor kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oşirgan. Ularning umumiy hajmi 329 million sömdan ortiq mablağni taşkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar yaşirin markaz faoliyatining barça tafsilotlari va unga aloqador şaxslarni aniqlamoqda.