AQŞda 11 oylik çaqaloq bir sutka tuproq ostida qolib ketdi

AQŞda 11 oylik çaqaloq bir sutka tuproq ostida qolib ketdi
  • 8
  • 11.11.2026 13:29:00
  • 1 мин оқу

AQŞning Janubiy Karolina ştatida qariyb 24 soat davomida tuproq ostida qolgan 11 oylik çaqaloq tirik holda topildi.

Maʼlum qilinişiça, voqea 10-noyabr kuni sodir bölgan. Çaqaloq onasi iş bilan taşqariga çiqqanidan söng, bedarak yöqolgan. Öşa vaqtda bola otasi qaramoğida bölgan. Xabar kelib tuşişi bilan politsiya va qutqaruvçilar keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan. Çaqaloq bobosiga tegişli uydan 45 metrça uzoqlikdagi örmon hududidan topilgan. Qutqaruvçilar yetib borganida, u soçiqqa öralgan, itlar qafasiga joylaştirilgan va sayoz çuqurlikka kömilgan bölgan.

Qayd etilişiça, bolaning otasi 9-noyabr kuni öğrilik va hibsga olişga qarşilik körsatiş bilan qölga olingan. Şuningdek, u bolaning yöqolişiga aloqador deb gumonlanmoqda.

Hozirda çaqaloq şifoxonada davolanmoqda. Şifokorlar uning soğayib ketişiga umid bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News