
- 6
- 04.11.2025 15:47:00
- 1 мин оқу
Fransiyaning Withings kompaniyasi organizm holatini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan U-Scan nomli aqlli qurilmani taqdim etdi. U hojatxona ichiga o‘rnatiladi, tanadagi suyuqlik namunalarini avtomatik tahlil qiladi va natijalarni telefonga yuboradi. Qurilma pH, vitamin C, ketonlar va suvsizlanish darajasini aniqlaydi. Narxi — 379 dollar, sotuvda AQSh va Yevropada. Endi sog‘lig‘ingiz haqida ma’lumot olish uchun laboratoriyaga borish shart emas!