Open AI yangi ChatGPT Atlasni taqdim etdi

Open AI yangi ChatGPT Atlasni taqdim etdi
  • 3
  • 04.11.2025 16:02:00
  • 1 мин оқу

OpenAI 21-oktabr kuni ChatGPT asosida ishlovchi yangi Atlas brauzerini taqdim etdi. Yangi brauzer foydalanuvchilarga matnlarni tahlil qilish, mahsulotlarni taqqoslash, hujjatlar va xatlarda so‘zlarni belgilaganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT yordamidan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, Atlas yordamida foydalanuvchi oziq-ovqat buyurtma qilish, elektron pochtani saralash va boshqa kundalik ishlarni sun’iy intellekt orqali bajarishi mumkin. Hozircha Atlas faqat macOS tizimida mavjud, biroq yaqin orada Windows, iOS va Android versiyalari uchun ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News