
- 4
- 24.11.2026 16:16:00
- 1 мин оқу
Toşkent şahrida 2026-yil boşidan buyon avtobuslarda yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan 158 237 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1–22-noyabr kunlari 19 457 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Bu kuniga örtaça 884 ta holatni taşkil etadi.
22-noyabr holatiga köra, yil boşidan buyon undirilgan jarimalar miqdori 3 mlrd 661 mln sömdan oşgan. Şundan qariyb 450 mln sömi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga töğri keladi.
Yöl haqini tölamasdan avtobusda yuriş uçun BHMning 10 foizi, ya’ni 44 ming söm jarima belgilangan.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent avtobuslarida yöl haqini tölamaydigan yölovçilarning 70 foizdan ortiğini 18–30 yoşdagilar taşkil etadi. Bunday qoidabuzarliklarni asosan erkaklar sodir etadi.