Dunyo yoşlari oila qurişni istaydi, lekin bunga moddiy imkoniyati yetmayapti

Dunyo yoşlari oila qurişni istaydi, lekin bunga moddiy imkoniyati yetmayapti
  • 1
  • 25.11.2026 09:00:00
  • 1 мин оқу

BMT Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) 73 ta mamlakat va hududda 100 mingdan ortiq yoşlar örtasida sörovnoma ötkazdi. Natijalarga köra, yoşlarning 90 foizdan ortiği kamida bitta farzand körişni, 70 foizi esa turmuş qurişni xohlaydi.

Biroq moliyaviy beqarorlik, işsizlik va uy-joy muammolari ularning rejalariga tösqinlik qilmoqda. Sörov qatnaşçilarining yarmidan köpi juft topişdagi asosiy tösiq sifatida moliyaviy qiyinçiliklarni körsatgan. Deyarli törtdan uç qismi esa pul yetişmasligi farzandli bölişga xalaqit berayotganini bildirgan.

Hisobotda dunyo böyiça har beş yoşdan biri na işlaşi, na öqişi, na kasb-hunar örganişi qayd etilgan. Kam daromadli mamlakatlarda esa yoşlarning har beş nafaridan tört nafari barqaror maoşli işga ega emas. UNFPA ijroçi direktori Diyene Keytaning ta’kidlaşiça, muammo yoşlarning istaklarida emas, balki ularga yaratilgan imkoniyatlar yetişmasligida.

Hisobotda, şuningdek, erta nikoh, ösmirlikdagi homiladorlik, uruşlar va xalqaro yordamning qisqarişi yoşlarning kelajagiga salbiy ta’sir körsatayotgani ta’kidlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News