
- 11
- 09.10.2026 14:01:00
- 1 мин оқу
Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi kurash institutining 28 yoshli xodimasi Darya Shipilovaning o‘limi yuzasidan tekshiruv yakunlandi. Viloyat gubernatori Igor Kobzev uning shifoxonadan tashqarida orttirilgan pnevmoniyadan vafot etganini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, kasallangan ayol emlangan va o‘zi ishlagan xavfli infeksiyalarga qarshi immunitetga ega bo‘lgan, institutda patogen mikroorganizmlar bilan ishlashda esa favqulodda vaziyatlar aniqlanmagan. Marhuma bilan aloqada bo‘lgan shaxslarning tibbiy kuzatuvi yakunlangan va ularda kasallik aniqlanmagan. “Rospotrebnadzor” ham hududda epidemiologik vaziyat barqaror ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Shipilovaning o‘limidan so‘ng qariyb 200 kishi izolyatsiya qilingan, ayrim shifoxonalarda karantin joriy etilgan edi. Uning o‘latdan vafot etgani haqidagi xabarlar esa tasdiqlanmadi.