
- 0
- 08.08.2026 18:22:00
- 1 мин оқу
Tailanddagi Debsirin Nonthaburi maktabida 7-avgust kuni o‘quvchi tomonidan uyushtirilgan otishmada 7 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi yaralandi.
Aniqlanishicha, 14 yoshli o‘quvchi maktabga borishidan oldin uyida bobo-buvisini ham otib o‘ldirgan va bobosiga tegishli qurol bilan maktabga hujum qilgan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan. O‘quvchi hujum so‘ngida o‘z joniga qasd qilgan. Otishmaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.
Tailand politsiyasi mazkur hodisani 2022-yildan beri mamlakatda sodir bo‘lgan eng dahshatli ommaviy qotilliklardan biri sifatida baholamoqda.