
- 0
- 23.10.2026 14:26:00
- 1 мин оқу
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kuniga 4 soat uxlashi va 20 soat ishlashini ma’lum qildi.
U bu haqda Jalolobod viloyati aholisi bilan uchrashuvda, shaxsiy qabuliga kira olmaganidan shikoyat qilgan fuqaroga javob berarkan, aytdi.
“ Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bitta prezidentman. Oldimga kelganlarning barchasini qabul qila olmayman”, — dedi Japarov.
Shuningdek, u huquq-tartibot idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatni ko‘rib chiqishni topshirdi.