Buyuk Britaniya qiroli Ummon sultoni sharafiga ziyofatda hadis o‘qidi

Buyuk Britaniya qiroli Ummon sultoni sharafiga ziyofatda hadis o‘qidi
  • 3
  • 23.10.2026 11:32:00
  • 1 мин оқу

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Ummon sultoni Haysam bin Toriq sharafiga Vindzor qal’asida ziyofat tashkil etdi. Unda qirol Ummonning tinchlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hadislaridan birini arab tilida o‘qidi.
Bu Charlz III ning rasmiy tadbirlarda arab tilidan foydalanishi bilan bog‘liq ilk holat emas. U 2024-yil dekabrida Qatar amirini Bukingem saroyida arab tilida kutib olgan. 2013-yilda esa shahzoda bo‘lgan davridayoq arab tilini o‘rganganligi ma’lum bo‘lgan.
Charlz III nutqida, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi va Ummonning diplomatik roli haqida alohida to‘xtaldi. Ziyofat Britaniya qirolining Ummonga 44 yil ichidagi ilk tashrifi doirasida o‘tkazildi.

#casia #news #CharlesIII #Ummon

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News