
- 1
- 12.08.2026 19:01:00
- 1 мин оқу
Krishtianu Ronaldu nihoyat Jorjina Rodrigesga uylandi.
People nashri xabariga ko‘ra, nikoh marosimi 11-avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh shahrida yopiq tarzda o‘tkazilgan. Unda faqat oila a’zolari va juftlikning besh nafar farzandi qatnashgan.
Ronaldu va Jorjina nikoh uzuklari aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, munosabatlarini rasman tasdiqlagan.
Juftlik 2016-yildan beri birga. Ular 2025-yil avgustida unashtirilgan edi.