Özbekistonda tuğiliş va nikohlar kamayib, ajraşişlar köpaymoqda

Özbekistonda tuğiliş va nikohlar kamayib, ajraşişlar köpaymoqda
  • 9
  • 11.11.2026 09:40:00
  • 1 мин оқу

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 638,6 ming nafar çaqaloq tuğildi. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 26 ming nafarga, 2024-yilga nisbatan esa 55,3 ming nafarga kam. Tuğilişlar soni 2023-yildan beri izçil kamaymoqda. Şu davrda mamlakatda 172 mingta nikoh qayd etilgan. Bu körsatkiç 2024-yilda 179,4 mingta, 2025-yilda esa 177 mingta bölgan.

Ajraşişlar soni esa ortgan. Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida 36,8 mingta oila ajraşgan. Taqqoslaş uçun, 2024-yilda 34 mingta, 2025-yilda esa 35,4 mingta ajrim qayd etilgan. Ajraşişlarning 59,5 foizi şaharlarda, 40,5 foizi qişloqlarda rasmiylaştirilgan.

Statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-oktabr holatida Özbekistonning doimiy aholisi 39 mln 535 ming kişidan oşgan. Aholi soni bir yil içida 1,8 foizga köpaygan. Biroq bu ösiş sur’ati avvalgi ikki yildagiga nisbatan biroz sekinlaşgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News