
- 11
- 09.11.2026 17:13:00
- 1 мин оқу
NASA Oyga uçiş va u yerda işlaş uçun yangi astronavtlarni qabul qilişni boşladi. Tanlangan nomzodlar Artemis dasturi doirasidagi missiyalarda qatnaşadi hamda kelajakdagi Mars parvozlariga tayyorgarlik köradi.
Agentlik Oyga parvoz qiladigan va kelajakda Mars missiyalariga tayyorgarlik körişda iştirok etadigan yangi astronavtlarni tanlamoqda. Nomzodlar AQŞ fuqarosi va kamida magistr darajasiga ega bölişi kerak. Yangi astronavtlar Oy yuzasiga qöniş, ilmiy vazifalarni bajariş va kelajakda Oyda doimiy baza taşkil etiş işlarida iştirok etişi mumkin.
Dasturda qatnaşiş uçun nomzodlar quyidagi talablarga javob berişi kerak:
- AQŞ fuqarosi bölişi;
- Muhandislik, biologiya, fizika, kompyuter fanlari yoki matematika kabi yönalişlarda magistr darajasiga ega bölişi;
- Mutaxassisligi böyiça kamida uç yillik iş tajribasiga ega bölişi;
- Soğliq böyiça maxsus talablardan ötişi.
Arizalar 2026-yil 3-dekabrgaça qabul qilinadi. NASA yangi astronavtlar tarkibini 2027-yil oxirida e’lon qilişni rejalaştirgan.