Yaponiyada zilzila vaqtida jarrohlar bemorni o‘rab olib, himoya qilishdi

Yaponiyada zilzila vaqtida jarrohlar bemorni o‘rab olib, himoya qilishdi
  • 0
  • 07.08.2026 18:11:00
  • 1 мин оқу

Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila vaqtida jarrohlar operatsiya qilinayotgan bemorni o‘z tanalari bilan himoya qildi.
28-iyul kuni Yatsushiro shahridagi shifoxonada zilzila sodir bo‘lgan paytda operatsiya davom etayotgan edi. Kuchli silkinish sabab xonadagi tibbiy jihozlar harakatlana boshlagan. Kuzatuv kameralariga tushgan kadrlarda shifokorlar bemorni tashlab ketmay, uning ustini tanalari bilan to‘sib, jihozlarni ushlab turgani ko‘rinadi. Bosh jarroh esa zilzilaga qaramay, operatsiyani davom ettirgan.
Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, zilzila vaqtida 4 ta operatsiya o‘tkazilgan va ularning barchasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Bemorlar ham, tibbiyot xodimlari ham jarohatlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News