
- 1
- 12.08.2026 13:10:00
- 1 мин оқу
Namanganda avtobusda 66 yoshli erkak 18 yoshli qizga shahvoniy shilqimlik qilgan. Voqea 27-iyul kuni shahar avtobusida yuz bergan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak qizning son qismidan ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Shundan so‘ng qiz erkakni urgan va unga yengil tan jarohati yetkazgan.
Sud har ikki tomonni ham ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topdi. Qizga yengil tan jarohati yetkazgani uchun 206 ming so‘m, erkakka esa shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 824 ming so‘m jarima tayinlandi.