Endi jarima vaqtida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Endi jarima vaqtida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin
  • 5
  • 10.11.2026 10:37:00
  • 1 мин оқу

Yangi tartibga köra, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima belgilangan muddatda tölanmasa, haydovçining avtomobili jarima maydonçasiga joylaştirilişi mumkin.

Yangi yöriqnomaga köra, haydovçi jarimani qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kun içida tölaşi kerak. Agar jarima qarori ustidan berilgan şikoyat yoki protest rad etilsa, tölov uçun xabar berilgan kundan boşlab 30 kun muddat beriladi.

Belgilangan muddatda jarima tölanmasa, bu haqdagi ma’lumot YHXX xodimlarining elektron tizimlarida avtomatik aks etadi. Şundan söng xodimlar avtomobilni ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmasdan jarima maydonçasiga joylaştirişi mumkin. Biroq haydovçi jarimani joyida elektron tölov tizimi, mobil ilova yoki bank orqali töliq tölasa va tölov tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilmaydi.

Şuningdek, jarima qarori topşirilganidan keyin 15 kun içida uning 50 foizi yoki 30 kun içida 70 foizi tölansa, qolgan qismi undirilmaydi. Bu imtiyoz qonunçilikda belgilangan ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi. Yangi tartib 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News