Amerikaliklarga Rossiyadan ketish tavsiya qilindi

Amerikaliklarga Rossiyadan ketish tavsiya qilindi
  • 10
  • 07.10.2026 17:45:00
  • 1 мин оқу

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan AQSH elchixonasi mamlakatdagi amerikaliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi. Biroq o‘lat tarqalayotgani hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Xavotirlar Irkutskdagi O‘latga qarshi kurash institutida ishlagan 28 yoshli Darya Shipilovaning vafotidan so‘ng kuchaydi. Rossiya rasmiylari uning o‘lim sababini “kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya” deb baholagan. U bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi tibbiy kuzatuvga olingan, biroq ularda o‘lat aniqlanmagan.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Rossiyani hodisa haqida xalqaro hamjamiyatga ko‘proq ma’lumot berishga chaqirdi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan vaziyatni “tez orada” telefon orqali muhokama qilishini aytdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiya rasmiylaridan qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan. Hozircha tashkilot Rossiya va boshqa hududlar uchun xavfni past, Yevropa uchun esa juda past deb baholamoqda.
Rossiya tomoni esa Irkutskda o‘lat holatlari qayd etilmaganini bildirgan va fuqarolarni faqat “Rospotrebnadzor”ning rasmiy ma’lumotlariga tayanishga chaqirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News