
- 10
- 31.10.2026 12:02:00
- 1 мин оқу
“Manchester Siti”ning himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. FullTime Report xabariga ko‘ra, “Barselona” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda.
Kataloniyaliklar 2027-yil yanvarida “Manchester Siti”ga taklif bilan chiqishni rejalashtirgan. Xansi Flik ham hamyurtimiz nomzodini himoya chizig‘i uchun ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha bu faqat qiziqish darajasida. Ammo Husanovning so‘nggi paytlarda “Manchester Siti”da kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani fonida, “Barselona” varianti uning uchun qanchalik manfaatli bo‘lishi mumkin?
Xo'sh, siz Husanovni “Barselona” libosida ko‘rishni istarmidingiz?