
- 1
- 10.11.2026 11:08:00
- 1 мин оқу
“Real Madrid” klubi uy stadionida tabiiy chimni saqlash uchun noodatiy texnologiya qo‘llaniladi. Maydon 6 ta ulkan qismga bo‘lingan bo‘lib, har birining og‘irligi taxminan 1 500 tonnani tashkil etadi.
Maxsus avtomatik tizim ushbu qismlarni yer ostidagi, qariyb 30 metr chuqurlikda joylashgan “gipogey” deb ataluvchi maxsus maydonga tushiradi. U yerda chim maxsus yoritish, sug‘orish va iqlim nazorati yordamida saqlanadi.
Bu texnologiya stadionni bir necha soat ichida konsert va boshqa tadbirlar uchun bo‘shatish imkonini beradi.
Sizningcha, stadionlarda bunday texnologiyalardan foydalanish kelajakda keng tarqaladimi?