
- 3
- 21.09.2026 09:52:00
- 1 min read
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi yakunlandi. Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi va 208 nafar o‘qituvchi g‘olib deb topildi.
G‘oliblarning har biriga 1 400 BHM, ya’ni 616 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkazilib, unda o‘qituvchilarning fan bo‘yicha bilimi, pedagogik mahorati, dars o‘tish qobiliyati, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va kitobxonligi baholandi.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.