
- 14
- 23.05.2023 18:16:00
Golubsi with cheese
Iftorlik dasturxoningizga rang berishga tayyormisiz? 😍
Pishloqli golubsi bilan mehmonlaringiz va yaqinlaringizga mazali lahzalarni taqdim eting🥰
Retseptga qiziqqan va uni quyidagi retseptlar kitobiga saqlamoqchi bo‘lganlar👇🏼
🌶Masalliqlar:
4 ta qizil bulg‘or qalampir
1 choy qoshiq tvorog
100 gramm yog‘li pishloq
1 bog‘ shivit
1 bog‘ petrushka
1 choy qoshiq sedana
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Qizil qalampirning qopqog‘ini kesib, ichini tozalang.
- Oldindan qizdirilgan 230 daraja pechda bulg‘or qalampir yumshoq bo‘lguncha pishiramiz.
- Tvorog, oq pishloq, mayda to‘g‘ralgan shivit va petrushkani aralashtiramiz.
- Pechda yumshatilgan qizil qalampirni pishloqli aralashma bilan to‘ldiring.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Golubsimiz tayyor, uni kesib yoki butunligicha ustidan qora sedana sepib dasturxonga tortishingiz mumkin🥰
Yoqimli ishtaha 🤤