
- 1
- 22.06.2026 15:05:00
O‘zbekiston–Portugaliya o‘yini kuni Toshkent metrosi 1 soat ko‘proq ishlaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi uchrashuvi kuni Toshkent metrosi ish vaqti 1 soatga uzaytiriladi.
Metropoliten xabariga ko‘ra, 23-iyun kuni metro poyezdlari tungi soat 01:00 gacha qatnaydi. Bu qaror o‘yindan keyin muxlislarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Shu kuni poytaxt bo‘ylab o‘yinni katta ekranlarda jonli tomosha qilish imkoniyati ham yaratiladi.
