
- 5
- 07.11.2025 07:26:00
Komil Allamjonov proposed to the US government to introduce a 10-year visa for Uzbeks
President administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maslahatchisi Komil Allamjonov AQSH hukumatiga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik B1/B2 vizalar joriy etishni taklif qildi. U bu taklifni X (sobiq Twitter) orqali e’lon qildi.
Avvalroq Allamjonov O'zbekiston 2026-yildan boshlab AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etishi haqida yozgan edi. AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bu qarorni ijobiy baholab, “bu O‘zbekistonning Amerika sayyohlari uchun katta imkoniyatlar ochadi”, deb ta’kidladi. Allamjonov esa O'zbekiston endi amerikalik sayyohlar uchun ochiq ekanini qayd etib, vizaning amal qilish muddatini 1 yildan 10 yilgacha uzaytirish ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, 2026-yil 1-yanvardan AQSH fuqarolari O'zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega bo'ladi.