Kamchibek Tashiyev dismissed from his post

Kamchibek Tashiyev dismissed from his post
  • 6
  • 11.02.2026 10:43:00

Kamchibek Tashiyev dismissed from his post

10-fevral kuni Sadir Japarov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevni muddatidan oldin lavozimidan ozod etdi. Japarov qarorini davlat manfaatlari bilan izohladi.

Tashiyev bu qaror o‘zi uchun “kutilmagan” bo‘lganini ma’lum qildi. Uning bayonoti tarafdorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Tashiyev ayni paytda Germaniyada davolanmoqda. U prezident ruxsati bilan tibbiy ko‘rik uchun xorijga chiqqanini va lavozimidan ozod etish qarorini kutmaganini aytdi. Shu bilan birga, davlat rahbari qarori ijro etilishi shartligini ta’kidladi hamda fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga chaqirdi.
Shuningdek, MXDQ tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Chegara xizmati qo‘mita tarkibidan ajratiladi, 9-xizmat esa Davlat qo‘riqlash xizmatiga aylantiriladi.

Qamchibek Tashiyev 2020-yildan buyon MXDQga rahbarlik qilib kelayotgan va mamlakatdagi eng ta’sirli siyosatchilardan biri sifatida ko‘rilgan. So‘nggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bo‘lajak Prezident saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq Tashiyev prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini bildirgan va Sadir Japarov bilan do‘stligi ko‘plab sinovlardan o‘tganini, ularning do‘stligini faqat o‘lim buzishi mumkinligini aytgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News