
- 4
- 18.04.2026 10:46:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
-400 gr qiyma
-4 dona lavash xamiri
-1 dona piyoz
-2 dona sarimsoq
-1 choy qoshiq tuz
-1 choy qoshiq qora murch
-1 choy qoshiq qalampir
-bir bog‘lam Petrushka
Tayyorlanishi:
Qiyma ichiga mayda to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq, petrushka va ziravorlar qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan qiyma lavash xamiri ustiga surtilib, mahkam qilib o‘raladi. So‘ng, o‘ralgan lavash xamiri bir xil o‘lchamda kesilib, cho‘pga teriladi va idishga joylanadi. Oxirgi bosqichda kabob ustiga ozgina zaytun yog‘i quyilib, 190°C gacha qizdirilgan pechda, usti qizarguncha pishiraladi. Ta’bga ko‘ra, pishgan kaboblarni yogurt ustiga qo‘yib, ustidan sariyog‘da qizdirilgan qizil qalampir aralashmasini quyishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!🍽☕️