
- 4
- 19.10.2026 10:42:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
Blinchiklar uchun:
3 dona tuxum
600 ml sut
12 osh qoshiq un
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
biroz tuz va shakar
bir finjon qahva
Kremi uchun:
900 gr maskarpone pishlog‘i
5 osh qoshiq shakar
Tayyorlanishi:
Tuxum, sut, un, yog‘, tuz va shakarni aralashtirib, quyuqroq blinchik xamirini tayyorlang. Blinchiklarni tovaga quyib, odatdagidan biroz qalinroq qilib pishiring. Keyin maskarpone pishlog‘ini shakar bilan aralashtirib, bir xil krem holiga keltiring. Har bir blinchikka qahva surtib, ustidan krem surting. Hamda blinchiklarni shu tartibda ustma-ust terib, tort shaklini hosil qiling. Tortni muzlatkichga bir necha soatga qo‘ying, shunda kremi yaxshilab qotadi va ta’mlari uyg‘unlashadi. Blinchikli tortimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha💗